KREATIV KONSEPSIYA

Kreativ konsepsiyaning vazifasi — iste'molchi bilan brend aloqasining samaradorligini oshirishdan iborat. Yorqin nostandart yechim brend bilan aloqa qilish vaqtini uzaytiradi, qo‘yilgan vazifalarni kamchiqim yo‘l bilan hal qilish imkonini beradi — sotuvlarning oshishini yoki imij mustahkamlanishini ta'minlaydi. Ishchi kreativ - bu havaskor fantaziya emas, balki tizimli professional mehnat natijasidir. U nafaqat funksional, balki, birinchi navbatda, hissiy xususiyatlarga e'tibor qaratishi kerak.
Insayt
Insayt - bu yuzaki nigohdan yashiringan oddiy, murakkab bo'lmagan haqiqat, muammo yoki masalaning mohiyatiga chuqur kirib borish, maqsadli auditoriyaning barcha yashirin va sirli istaklari va ehtiyojlarini tushunishdir. Bu biz murojaat qiladigan odamlar haqida katta kashfiyotdir: amalga oshmagan ehtiyojlarga, xatti-harakatlardagi drayverlar va to'siqlarga yangicha qarashdir. Aniq insaytdan foydalanib, xatti-harakatlar stereotiplarini buzish va brendni muammoni hal qilishning ideal yechimi sifatida taqdim etishingiz mumkin.
Insayt
Big Idea
Katta g'oya kreativ konsepsiyaning asosiy kalitidir. G'oya hamma narsani belgilab beradi: video yoki radio reklama skripti, asosiy vizualda nima ko'rsatiladi, iste'molchi bilan muloqot qanday ohangda bo'ladi. G’oya mazmun-mohiyatini bildiruvchi bir yoki ikki gapda ifodalanadi va kampaniya mexanikasida turli tashuvchilar va turli aloqa vositalari yordamida rivojlanadi.
Big Idea
Mexanika
Mexanika katta ijodiy g'oyaning iste'molchilarga qanday yetkazilishini: qanday so'zlar va tasvirlar, qanday dramatik vositalar yoki vizual elementlar yordamida ma'no uzatilishini aniqlab beradi. Agar soz’ma-so‘z tushuntiradigan bo‘lsak, mexanika barcha personajlari va hikoyalariga ega masal yoki ertak bo'lishi mumkin, katta kreativ g'oya esa ertakning xulosasidir.
Mexanika
Vositalar
Kreativ g'oyani amalga oshirish vositasi sifatida har qanday media kanallari, o'yinlarga jalb etish yoki iste'molchiga to'g'ridan-to'g'ri va lateral ta'sir ko'rsatishning har qanday mos keladigan vositalaridan foydalanish mumkin. Yetkazish shakli va uning mazmuni bir-birini to'ldiradigan va mustahkamlaydigan vositalarni tanlash juda muhimdir.
Vositalar
Integratsiyalashgan kampaniyalar
Muloqotning eng samarali usullaridan biri "360" deb ham ataladigan integratsiyalashgan reklama kampaniyasidir. U maqsadli auditoriya uchun barcha tegishli onlayn va oflayn aloqa kanallarini qamrab oladi. APG guruhining turli kompaniyalari (ommaviy axborot vositalari, ishlab chiqarish) imkoniyatlari va tajribasidan foydalanib, biz maksimal samaraga erishishga imkon beruvchi professional integratsiyalashgan yechimlarni ishlab chiqamiz.
Integratsiyalashgan kampaniyalar
OUR WORK BY CREATIVE
ISHLARIMIZ HAQIDA KO'PROQ MA'LUMOT OLING Tijorat direktorimiz bilan bog’laning
Kapitanova Yuliya

Kapitanova Yuliya

Tijorat direktori