Brend platformasi — brendning o'ziga xosligini tavsiflovchi keng qamrovli modeldir: uning missiyasi, qarashlari, mohiyati, iste'molchi uchun roli (uslub, xarakter, ohang va boshqalar), hissiy va funksional afzalliklari, shuningdek, kommunikatsiyada brendning va'dalari orqali ifodalanadigan asosiy qadriyatlar va ishonish uchun sabablardir (RTB).
Brend platformasining asosi pozitsiyadir, brendning muvaffaqiyatli marketing strategiyasini busiz tasavvur qilib bo'lmaydi, chunki aynan u brendning asosiy farqlanib turuvchi jihatlari va afzalliklarini belgilaydi. Tajribamizga asoslanib, biz muvaffaqiyatli pozitsiyani aniqlash mezonlarini ishlab chiqdik: halollik, barqarorlik va yaxshi himoyalanganlik. Brendning haqiqatga to'g'ri kelmaydigan va'dalari sotuvlarning pasayishiga bevosita ta'sir qiladi va juda katta obro’ yo’qotilishiga olib keladi. Chunki pozitsiya bu nafaqat ishlab chiqaruvchining brendni qanday ko'rishi, balki ushbu brendning xaridor tomonidan qanday qabul qilinishi hamdir.
Brend platformasi doirasida biz barcha tadqiqotlar va farazlarni umumlashtiramiz, brendning qarashlari va pozitsiyasini aniq belgilaymiz, maqsadli auditoriyani segmentlarga ajratamiz, brend identifikatorini shakllantiramiz, nom va vizual obraz uchun talablar ishlab chiqamiz.
Brend har doim madaniy kontekstga mos kelishi va iste'molchilar talablariga javob berishi uchun vaqti-vaqti bilan rebrending o'tkazib turish lozim. Bu yuzaki bo'lishi va faqat vizual identifikatsiyaga (restayling) daxldor bo‘lishi ham mumkin, yoki pozitsiyani chuqur qayta ko'rib chiqishga, so'ngra brendning iste'molchi uchun rolini o'zgartirishga ta'sir qilishi ham mumkin. Rebrending zarurligini aniqlash uchun brend auditini o'tkazishni tavsiya etamiz.