DIZAYN

The first thing the consumer sees is the package design, logo, corporate colors and common elements of visual identity. Most people are visual learners. Therefore, any company should have "a look of its own" - bright, recognizable, memorable and reflecting the essence of the product or service. A significant part of communication is carried out by brands in digital, so it is important to form a single visual style of the brand, so that the consumer can easily identify it offline and online.
Logotip

Odatda, logotip korporativ blokni tashkil etuvchi belgi va shrift qismlaridan iborat. Logotipni loyihalashda bizning mutaxassislarimiz har doim chuqur ma'noli bo‘lishga imkon beruvchi semantik asosni izlashdan boshlashadi. Bundan tashqari, biz olingan natijalarni qabul qilish va aniq o'qish uchun sinovdan o'tkazamiz. Logotip bir marta yaratilgach, yillar va o'nlab yillar davomida o'zgarishsiz qoladi, kompaniyaning o'ziga xos ramzi, barqarorlik va ishonch belgisi hisoblanadi. Kompaniyamizda logotipni ishlab chiqishning majburiy elementi logobook - logotipdan foydalanish qoidalari to'plami hisoblanadi.


Logotip
Firma uslubi

Firma (korporativ) uslubi, boshqacha nomi "vizual o‘ziga xoslik" yoki "aydentika" (inglizcha identity) - yagona konsepsiyaga bog'langan grafik elementlar yordamida brend falsafasi va strategiyasini aks ettirishni bildiradi. Ishonchimiz komilki, yaxshi aydentikadagi eng muhim narsa - bu logotip, shriftlar, ranglar, grafik elementlarni qo'llab-quvvatlaydigan shior kabi brend atributlarini umumiy izchil tasvirga birlashtirgan katta g'oyadir. Ushbu yondashuv iste'molchi e'tiborini brendning asosiy farqlanib turuvchi qadriyatlariga qaratish va brendning taniqliligini oshirish imkonini beradi. Firma uslubi muvaffaqiyatining asosiy mezonlaridan biri uning qo‘llanish vaqti va muhitiga mos kelishidir. Birinchi bosqichda biz firma uslubining konsepsiyasini ishlab chiqamiz, keyin uni kerakli ommaviy axborot vositalariga moslashtiramiz va ish natijasi firma uslubidan foydalanish bo'yicha qo'llanma hisoblanadi. Aydentikani qo'llashning asosiy yo'nalishlari – digital (ijtimoiy tarmoqlar, veb-sayt, ilova), biznes hujjatlari, brend dizayni, kommunikatsiya materiallari, tovar, interyer va taqdimot materiallaridir. Ushbu hujjatning kengaytirilgan versiyasi - brand book (brend-buk) - brend platformasining asosiy elementlarini o'z ichiga oladi. Bu o'ziga xos "brend nizomi", ya’ni u yashaydigan va rivojlanadigan qoidalar va tamoyillar to'plamidir.


Firma uslubi
Qadoq, yorliq

Funksional qiymat (mahsulot xususiyatlarini saqlab qolish, ishlab chiqarilgan sana, ishlab chiqaruvchi va h.k. to'g'risidagi shart bo‘lgan ma'lumotlarni yetkazib berish) dan tashqari yorliq va qadoq xaridorning sotib olish paytidagi tanloviga ta'sir qiladi. Biz bu narsani ko'pchilik odamlar kuchli his-tuyg'ular ta'sirida - impulsiv, deyarli o'ylamasdan sotib olishlari bilan izohlaymiz. Va bu yerda mahsulotning ko‘rinishi, uning qadog’i juda muhim rol o'ynaydi. Xaridorgir qadoqlarni yaratish san'atida ko'plab nozik tomonlari mavjud bo'lib, ular mahsulotning ko‘rinishiga va xaridorning sotib olish qaroriga katta ta'sir ko'rsatadi. Ko'p yillik tajribaga asoslanib, biz savdo maydonida brend kommunikatsiyasidan maksimal foyda olishni ta'minlash uchun qadoq shaklini ishlab chiqish, uning materiali, rangi, funksional xususiyatlarini tanlashga batafsil yondashamiz. Birinchi bosqichda mutaxassislarimiz umumiy konsepsiyani va uni mahsulotlar qatoriga aylantirishning variantlarini ishlab chiqadilar, tasdiqlangandan so'ng barcha SKU larga moslashtirish amalga oshiriladi va yakuniy bosqich - dizayn konsepsiyasi va uni ishlab chiqishning maqbul variantlarini tavsiflovchi gayd-buk – qo'llanma shakllantirish hisoblanadi. Biz ishlab chiqarish bosqichida, bosmaxona vakillari bilan bog'lanib, chop etishga jo'natishda mualliflik nazoratini majburiy ravishda amalga oshiramiz.


Qadoq, yorliq
Brend dizayni|

Brend dizayni ibrendning ste'molchi bilan samarali aloqaga kirishuvini ta'minlaydigan vositadir. U falsafaga va belgilangan vizual standartlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Buklet, otkritka, taqvim yoki flayerni ishlab chiqishda biz brend tajribasiga tayanamiz hamda uning maqsadli auditoriyasining umidlarini hisobga olamiz. Bizning mutaxassislarimiz har doim o'z oldilariga brendning o‘ziga xosligini ta’kidlaydigan va iste'molchi e'tiborini jalb qiladigan qiziqarli, tushunarli va jozibali reklama materialini ishlab chiqish vazifasini qo'yadilar.


Brend dizayni|
POSm
Ushbu qisqartma inglizcha "Point Of Sales materials” turg’un birikmasidan — savdo nuqtalari uchun bosma materiallar iborasidan kelib chiqqan. Bunday materiallarning maqsadi, odatda, ikkita bo‘ladi: diqqatni jalb qilish va ma'lumot berish. Savdoda biz ko'pincha mahsulotga e'tiborni jalb qilish uchun yorqin, kreativ reklama materiallaridan foydalanamiz: ay stopper (eyestopper), shelf toker (shelf talker), vobler (wobbler), stiker, narx yorlig'i, pallet va boshqa turli xil formatdagi nostandart vositalar. Xizmat ko'rsatish sohasida biz ko'pincha klassik formatlarga murojaat qilamiz: laytboks (lite box), afisha, broshyura, strimer, banner va boshqalar. Ishonchimiz komilki, birinchi bosqichda yagona POSM dizayn konsepsiyasi ishlab chiqilganda media va kontseptual yondashuvni to'g'ri tanlash, savdo nuqtasida mijoz bilan aloqani kuchli hissiy aloqalarni shakllantiradigan izchil yaxlit hodisaga aylantirishi mumkin.
POSm
OUR WORK ON BRANDING
ISHLARIMIZ HAQIDA KO'PROQ MA'LUMOT OLING Tijorat direktorimiz bilan bog’laning
Kapitanova Yuliya

Kapitanova Yuliya

Tijorat direktori